Qozogʻiston – Oʻzbekiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punkti yil oxirigacha ochilmaydigan boʻldi

“Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovut-ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punkti orqali chegarani kesib oʻtishga qoʻyilgan cheklov joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozogʻiston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasining maʼlum qilishicha, “Tajen” (Oʻzbekiston Respublikasining “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara oʻtkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati boʻyicha joriy yil 1-fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar 2025-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirilgan.
Qayd etilishicha, cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur oʻtkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, maʼmuriy binolarda kapital taʼmirlash hamda yoʻl qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotganligi sababli Qozogʻiston tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini taʼminlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.
Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovut-ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl oʻtkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur nazorat-oʻtkazish punktida qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan dastlab, joriy yilning 1-fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha harakat cheklovi joriy qilingan edi. Biroq keyinchalik ishlar toʻliq yakunlanishi qoʻshimcha vaqt talab qilgani bois, ushbu muddat yana 4 oy — 2025-yil 1-sentyabrgacha uzaytirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring