Qozogʻiston klubi UEFA chempionlar ligasida oʻynaydi

Kecha UEFA chempionlar ligasi musobaqasining soʻnggi saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonning “Qayrat” klubi oʻz maydonida Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti bu gal ham 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “qozoqlar” 3:2 hisobiga ustun keldi.
Shu tariqa jamoa oʻz tarixida birinchi, Qozogʻiston tarixida esa ikkinchi marta UEFA chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bungacha 2015-yilgi mavsumda Qozogʻistonning yana bir jamoasi — “Astana” ushbu musobaqaning final bosqichida ishtirok etgandi.
Maʼlumot uchun, “Qayrat” klubi musobaqaga yoʻllanma olish orqali kafolatlangan 20 million yevro mablagʻga ega boʻlmoqda. Bu jamoaning 2-3 yillik umumiy xarajatlariga teng summa degani.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring