Qoʻshrabotga yoʻl yopilmoqda(mi)? (foto)
Foto: "Xalq so'zi"
Umid SORIYEV, ”Xalq soʻzi”/Samarqand. Bugun 26 aprel kuni Qoʻshrabotning Shovana qishlogʻidan oʻtaturib, hayratlanarli manzaraga guvoh boʻldim. Xoh ishoning, xoh ishonmang shundoq ham avtoulovlar qatnoviga torlik qiladigan yoʻlning teng yarmi oʻpirilib tushgan. Bu ham yetmagandek, atrofni tahlikaga tushgan odamlar oʻrab olgan. Mashinalar tinmay sirena chaladi...
Xullas, oʻzim ham zoʻrgʻa oʻtib oldim. Suratga olayotganimni koʻrib, mahalliy aholi vakillaridan biri hovliqib oldimga keldida:
- Aka, mana bu oʻpirilib ketayotgan tuproqlarni suratga oling dedi. - Hokimiyat, avtoyoʻl, mutasaddilar koʻrinmaydi, deyman qiziqib.
- He, qayoqda, yoʻl idorasimikan, bilmayman-u lekin ikki fuqaro kiyimidagi odam ikkita yoʻl belgisini qoʻyib ketdi.
- Odatda bunday favqulodda vaziyatlarda, DAN xodimlari kelib oʻtish yoʻlini nazorat qilishlari kerak-ku?
- Aka favqulodda boʻlmagan paytlarda ham bu yoʻllarda DAN xodimlarini umuman koʻrmaymiz! - Belgilangan tezlikka rioya qilmay ”uchirib” haydashadi.
Qancha begunoh odamlar jabr koʻrmadi, deysiz, bu yoʻllarda... Agar besh-olti soat ichida zaruriy choralar koʻrilmasa Qoʻshrabotga yoʻl taqa-taq yopiladi. Ishonavering!..





Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring