Qoʻshrabot tumanida podstansiyalar quvvati oshirilmoqda

11:56 10 Aprel 2025 Jamiyat
231 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Qoʻshrabotda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish uchun tumandagi 35/10 kV “Joʻsh” podstansiyasining quvvati oshirildi.

Shu maqsadda podstansiyadagi 4000 kVA transformator oʻrniga 16 000 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish va montaj ishlari olib borildi. Natijada 20 ga yaqin mahallalar hamda tadbirkorlik subyektlarida, Xitoy va Turkiya davlatlari investorlari tomonidan tashkil etilgan zavod va tekstil fabrikalarida elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan muammolar boʻlmaydi.

Ayni kunlarda Qoʻshrabot tumanidagi “Pichot” podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari ham bajarilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер