Qoʻshkoʻpirda baliq yetishtirish taklifi bildirildi

13:59 02 May 2025 Siyosat
117 0

Xorazmlik fermerlar tannarxni tushirish uchun izlanib, yangilik qilayotgani taʼkidlandi.

Masalan viloyatdagi 10 tadan ortiq fermer 100 million soʻm sarflab, oʻzining traktoriga zamonaviy avtopilot oʻrnatgan. Texnikalarga avtopilot oʻrnatish uchun imtiyozli kredit liniya ochilishi belgilandi.

Respublikadagi nasoslarning 21 foizi Xorazmda joylashgan.

Xonqalik fermer nasosni elektr bilan taʼminlash uchun oʻtgan yili 200 kilovattli quyosh paneli oʻrnatib, yillik 120 million soʻm elektr xarajatini iqtisod qildi, qoʻshimcha 53 million soʻmlik elektrni tarmoqqa sotdi.

Barcha 2 ming 138 ta nasosni shu tizimga oʻtkazib, Xorazm tajribasini yaratish muhimligi taʼkidlandi.

Qoʻshkoʻpirda suv yoʻqligi uchun ishlatilmayotgan 165 gektar maydonda tadbirkorlar kollektor suvidan foydalanib, baliq yetishtirish taklifini bildirgan.

Bu taklif maʼqullanib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?