Qoshgʻarda Fargʻona viloyati investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom tumanidagi Qoshgʻar shahrida 13-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo koʻrgazmasida boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyati delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida yangi kelishuvlarga erishdi.
— “Qoshgʻarda uchrashuv: Ipak yoʻli iqtisodiy belbogʻida yangi sahifalar” shiori ostida oʻtkazilgan koʻrgazmada qitʼamizning turli davlatlaridan 600 ga yaqin yirik korxonalar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi tashqi savdo va investitsiyalar kotibiyati mudiri Azimjon Yoʻldashev. — Koʻrgazma doirasida oʻtkazilgan asosiy forumda Fargʻona viloyatining investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi. Oʻz navbatida Shinjon-Uygʻur avtonom tumanining koʻplab yirik kompaniyalari hamda tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Shu tariqa tekstil, fotoelektr mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, logistika, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, elektron savdo boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzaro hamkorlikda delegatsiyalar almashish, mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyish borasida doimiy ravishda seminar treninglar tashkil etish haqida fikrlashildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring