Qorli ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroportidagi reyslar vaqti oʻzgarishi mumkin
Toshkent shahri xalqaro aeroportida qorli ob-havo sabab reyslarning uchib ketish vaqtida oʻzgarishlar kutilmoqda. Bu haqda Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mumkin boʻlgan qisqa muddatli kechikishlar parvozlar dasturini bajarish uchun qoʻshimcha parvozoldi muolajalarini oʻtkazish (havo kemalariga muzlashga qarshi ishlov berish) zaruriyati bilan bogʻliq.
Bildirilishicha, parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar aeroportda yoʻlovchilar uchun parvozoldi jarayonlaridan oʻtish vaqtiga taʼsir qilmaydi, ular belgilangan vaqt meʼyorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishda davom etadi.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va vaziyatni toʻgʻri tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi kompaniya xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring