Qoraqalpoq davlat universitetida 400 oʻrinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yangi barpo etilgan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Tashkil etilgan ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari R. Nurazizov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanganini taʼkidladi hamda yangi turar joyning ishga tushirilishi munosabati bilan talabalarni qutladi.
Shuningdek, tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti rektori v.b. Olimjon Duysenbayev soʻzga chiqib, hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida taʼlim sohasini rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olishni kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Soʻnggi yillarda oliy taʼlim muassasalari sonining ortishi, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun qoʻshimcha qabul kvotalarining ajratilishi ― yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan, ilgʻor fikrli yoshlarning yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Yangi talabalar turar joyi davlat-xususiy sheriklik asosida, 30,5 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etildi. Barcha zarur infratuzilma va qulayliklarga ega bino 400 oʻringa moʻljallangan.
Talabalar ham bayram arafasida yangi turar joyning foydalanishga topshirilganidan mamnun. Bu taʼlim olish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan amaliy ishlar samarasi sifatida yuksak qadrlanmoqda.
Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring