Qoraqalpogʻistondagi metan “zapravka”lar uzluksiz ishlaydi – Energetika vazirligi
Foto: Energetika vazirligi
Kecha, 25-fevral kuni “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filiali Qoraqalpogʻistonda havo haroratining pasayishi sababli metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishini eʼlon qilgan edi. Energetika vazirligi mazkur xabarni rad etib, hududdagi “zapravka”lar uzluksiz ishlashini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, magistral gaz quvurlarida bosim bir meʼyorda boʻlib, barcha hududlardagi, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “metan zapravka”lar ham uzluksiz faoliyat yuritadi.
“Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF xabarida birinchi navbatda shaxsiy xoʻjaliklar va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barqaror gaz bilan taʼminlash asosiy vazifa hisoblanishi, ushbu choralar faqat sovuq kunlarda aholiga barqaror gaz taʼminotini kafolatlash maqsadida amalga oshirilayotgani aytilgan edi. Shuningdek, vaziyat barqarorlashgach, cheklovlar bekor qilinishi va holat 3-4 kun ichida ijobiy hal etilishi taʼkidlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring