Qoraqalpogʻistonda soliq boshqarmasi xodimlari pora bilan ushlandi

12:36 28 Dekabr 2025 Jamiyat
579 0

Foto: DXX

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasining ikki nafar bosh inspektori tadbirkorga nisbatan tamagirlik qilishda gumonlanib, qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxslar Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ faoliyatini tekshirish davomida goʻyoki 213 mln soʻmlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganini aytib, ushbu summani 34 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga jamiyat rahbaridan 2 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektorlar tamagirlik yoʻli bilan 700 dollar va 15 mln soʻm pul mablagʻini oʻrtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер