Qoraqalpogʻistonda retseptisiz dori sotayotgan dorixona aniqlandi

22:09 20 Yanvar 2026 Jamiyat
342 0

Foto: Prokuratura departamenti

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q.D.” MCHJ dorixona provizori Oʻ.A. fuqaro M.X.ga “Karbamezepin” va “Dimedrol” (inyeksiya uchun) nomli dori vositalarini shifokor retseptisiz sotganligi aniqlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida provizor Oʻ.A. hisobga olish daftariga soxta maʼlumotlarni kiritish orqali psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini ortiqcha chiqim qilganligi maʼlum boʻlgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?