Qoraqalpogʻistonda “Kinokarvon” tadbirlari muvaffaqiyatli yakunlandi
Joriy yilning 14 — 21-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida taniqli sanʼatkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari va ijodkorlar hamda Kinematografiya agentligining “Kinokarvon” jamoasi ishtirokida aholi bilan jonli muloqotlar, konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi, milliy filmlar namoyishini Respublikaning barcha hududlarida yuqori saviyada tashkil etildi.
Jumladan, “Kinokarvon” jamoasining xalq bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlari, yangi filmlar premyeralari boʻlib oʻtdi. Tadbirlar doirasida “Tengiz”, “Tanka”, “Amu sohili kuychisi. Berdaq”, “El farzandi”, “Talvasa”, “Muhabbat bahori”, “Ayol qalbi”, “101-reys”, “Meros”, “Puling boʻlsa” va “Vatan ostonasida” kabi 15 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarning namoyishlari oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbirlarda Oʻzbekiston xalq artistlari Muhammadsoli Yusupov, Dilorom Karimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Abduxalil Mignorov, Matyoqub Matchonov, Fotima Rejemetova, Anvar Azimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Egamberdi Rahimov, Hilol Nasimov, xalq sevgan aktyorlar Zuxriddin Rejemetov, Shavkat Komilov, Dilshodbek Kattabekov, Husan Musaboyev, Otabek Haqberdiyev, Maʼruf Otajonov kabi yigirmadan ortiq kinoijodkorlar jalb etildi.
Uchrashuvlarda aholiga yurtimizda yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazishga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari Agentlik tomonidan soʻnggi yillarda suratga olinggan 30 ta badiiy, 30 ta hujjatli va 30 ta animatsion filmlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat va nodavlat televideniyalariga tuhfa sifatida taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring