Qoraqalpogʻistonda Xalqaro oila kuni keng nishonlandi

Shu yilning 15-may kuni Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan bayram tantanasi oʻtkazildi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisining oʻrinbosari R.Saparboyev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni tabrikladi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, Prezidentimizning 2018-yil 27-iyundagi qarori asosida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasining tasdiqlangani yurtimizda bu borada amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqich koʻtarmoqda.
Haqiqatan ham, xalqimiz azaldan oilani Vatan ichidagi Vatan, jamiyatimizning asosiy boʻgʻini, milliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan muqaddas dargoh sifatida alohida qadrlab kelgan. Sababi barcha ezgu ishlar oiladan boshlanib, undan mahallaga va jamiyatga kirib boradi.
Tantanali bayram tadbirida “Eng namunali oila” tanlovida shahar va tumanlardan qatnashib gʻolib deb topilgan oila sohiblariga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni, Joʻqorgʻi Kenges va Vazirlar Kengashi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, Nuroniy jamgʻarmasi va boshqa idora-tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Bayram tadbiri sanʼat va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring