Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi “Aral” futbol jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi
Foto: Joʻqorgʻi Kenges
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev “Aral” futbol jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi. Bu haqida Joʻqorgʻi Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Unda dastlab, Joʻqorgʻi Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida sport sohasini, shu jumladan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtalib oʻtdi va muhim oʻyin oldidan jamoa aʼzolariga omad tiladi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Pro Ligada oʻynayotgan “Aral” futbol jamoasi oldida muhim oʻyin kutmoqda. Yaʼni, 16-dekabr kuni Superligada oʻynash yoʻllanmasi uchun Buxoro viloyatining “Buxoro” jamoasi bilan oʻyin oʻtkaziladi.
“Albatta, Pro Liganing ushbu oʻyinida futbol muxlislari jamoamizdan yuqori natijalar kutib qoladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Nukusning “Aral” klubi bugun, 16-dekabr kuni Superliga yoʻllanmasi uchun “Buxoro” klubi bilan kuch sinashadi. Agar ushbu oʻyinda jamoa gʻalaba qozonsa, 24-yillik tanaffusdan soʻng uzoq kutilgan Superligada oʻynash imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring