“Qoraqalpogʻiston” radiokanali alohida toʻlqinda efirga uzatila boshladi
2024-yil 5-fevraldan boshlab, “Qoraqalpogʻiston” radiokanali alohida toʻlqinda va 24 soat davomida efirga uzatila boshladi.
— Bugun nafaqat bizning jamoamiz, balki xalqimiz uchun ham tarixiy kun, — deydi Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasi direktori Quoʻandiq Bekbaoʻliyev. — Negaki, oʻzimiz uchun alohida toʻlqinga ega boʻla olmaganimiz ijodiy va texnik xodimlarimiz bilan birga tinglovchilarimizga ham noqulaylik tugʻdirayotgan edi. “Qoraqalpogʻiston” radiokanalining efirga uzatilishini yaxshilash maqsadida 661 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, Nukus radiotelestansiyasiga RT-FMS-2001 markali 2,0 kVt quvvatga ega analog radiouzatkich oʻrnatilgani natijasida radiokanalimiz 24 soat davomida efirga uzatiladigan boʻldi.

Shu kunga qadar “Qoraqalpogʻiston” radiokanali Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” radiokanali tarkibida efirga uzatib kelinayotgan boʻlsa, endilikda “Qoraqalpogʻiston” radiokanali alohida 107,8 toʻlqinida efirga uzatila boshladi va geografik hududi ham kengaydi. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida Nukus shahri bilan birga Xoʻjayli, Taxiatosh, Kegeyli, Nukus tumanlarida toʻliq hamda Shumanay, Chimboy, Amudaryo, Boʻzatov tumanlarining ayrim hududlarida “Qoraqalpogʻiston” radiokanali yangraydigan boʻldi. Radiotoʻlqinning geografik qamrovini kengaytirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring