“Qora bayroq” operatsiyasi: Isroil Yaman husiylariga zarba berdi
Isroil mudofaa armiyasi Yaman husiylariga qarshi “Qora bayroq” nomli operatsiya oʻtkazdi.
Operatsiya doirasida Xodeyda, Salif va Ras-Isa portlariga, xususan, 2023-yilda qoʻlga kiritgan “Galaxy Leader” yuk kemasiga va elektr stansiyasi hujum qilingan.
Qayd etilishicha, Isroil ushbu portlar, kema va elektr stansiyasiga taxminan 50 ta raketa va bomba yoʻllagan. Operatsiyada 20 ga yaqin qiruvchi samolyotlar ishtirok etgani maʼlum. Bosh vazir Binyamin Netanyahu esa AQSHga uchib ketayotgan samolyotida husiylarga qarshi harakatni shaxsan kuzatib borgan.

“Men ogohlantirganimdek, Yamanga ham Tehronga boʻlganidek munosabatda boʻlinadi», degan Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas.
Yahudiy armiyasiga koʻra, hujumdagi obyektlar Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan husiylar tomonidan qurol-yarogʻ tashish uchun qoʻllangan. Ushbu qurollar esa xalqaro dengiz savdosiga qarshi “terrorchilik faoliyati”da foydalanilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yaman husiylari oʻzlari tomonidan “muhim texnologik yutuq” deya taʼriflanadigan “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketa bilan Isroil poytaxtidagi Ben-Gurion aeroportiga zarba bergandi. Maʼlumotlarga koʻra, zarba nishonga zarar yetkazgan va aeroportdagi harakatning toʻxtatilishiga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring