Qoʻqonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida Turkiya tajribasi joriy etiladi

Foto: “Xalq soʻzi”
Botir MADIYOROV/ “Xalq soʻzi”. Turkiyada turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi (TDMI) direktorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov Istanbulning Pendik munitsipalitetida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda mamlakatimiz vakili hamda TDMI direktorlar kengashi aʼzosi sifatida ishtirok etdi.
Muloqotlarda TDMI aʼzolarining investitsiyaviy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik borasidagi hamkorlik aloqalari istiqboli muhokama qilindi. Xususan, Oʻzbekiston mahalliy davlat hokimiyati vakillarining Turkiyada malakasini oshirish, TDMIning navbatdagi yigʻilishini mamlakatimizda oʻtkazishga kelishib olindi.
Qoʻqon shahar hokimi Turkiy dunyo davlatlari munitsipalitetlari direktorlar Kengashi bosh kotibi Faxri Solak hamrohligida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan tuzilgan kelishuvga koʻra, mahallabay ishlash borasida Turkiya tajribasini oʻrganish uchun yurtimizdan borgan hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirilishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda qatnashdi.
— Tashrif davomida Pendik munitsipaliteti tashabbusi bilan barpo etilgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan ham tanishdik, — deydi M. Usmonov. — Zavodni moliyalashtirish tizimi, chiqindini qayta ishlash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bizda katta qiziqish uygʻotdi. Shu bois turkiyalik tadbirkorlar bilan muloqot olib borilib, Qoʻqon shahrida ushbu loyihani hayotga tatbiq etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring