Qonun tadbirkorlikni rivojlantirishga va aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiladi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda soliq yukini izchil pasaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda.
Muhokama davomida senatorlar tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash zarurligiga alohida urgʻu berdi. Bundan tashqari, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlari doirasida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelayotgani qayd etildi.
Bugungi kunda respublikada faoliyat koʻrsatmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami tadbirkorlar tarkibida hisobga olinishi iqtisodiy va statistik koʻrsatkichlarning notoʻgʻri shakllanishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, bu ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini belgilash va tushumlarni taʼminlashda salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Mazkur Qonun bilan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat reyestridan chiqarish tartibini belgilash iqtisodiy va statistik koʻrsatkichlarning toʻgʻri shakllanishiga olib keladi.
Senatorlar Qonun moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini soddalashtirishga xizmat qilishi haqida fikr bildirdi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan tuzatishlar natijasida ishlab chiqarish yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi hamda yaylov xoʻjaliklarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga eʼtibor qaratdi.
Muhokama yakunida senatorlar mazkur Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring