Qoʻmitada 2026-yil Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun muhokama qilindi
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Muhokama davomida 2026-yil uchun Davlat byudjetida xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolingani alohida taʼkidlandi.
2026-yilda taʼlim va fan sohasi uchun 102,7 trln soʻm, sogʻliqni saqlash sohasi xarajatlari uchun 48,9 trln soʻm rejalashtirilmoqda.
Xususan, umumtaʼlim maktablarini darslik, mashq daftari va oʻquv metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash uchun 2026-yilda qariyb 2 trln soʻm yoki 2025-yilga nisbatan 53 foizga koʻproq mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda.
Senatorlar 2026-yilgi Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Shundan soʻng, shu kunning oʻzida Qoʻmita majlisida bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari ham dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ularga ilgʻor xorijiy tajriba asosida hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari yordamida tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublika boʻyicha 4 247 oʻrindan iborat 13 ta hududiy viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etilgan.
Oʻtgan yilda respublika boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan bolalardan 11,2 mln nafari (95,5 foizi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 3,4 mln nafarida (28,8 foizi) turli xil kasalliklar aniqlangan. Kasallik aniqlangan 3,1 mln nafar bola bilan (89,4 foiz) sogʻlomlashtirish ishlari oʻtkazilgan.
Bugungi kunda Raqamli sogʻliqni saqlash yagona platformasini yaratish va barcha axborot tizimlarini ushbu platforma bilan integratsiya qilish doirasida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tibbiyotda uchta boʻgʻin (birlamchi, ikkilamchi va respublika markazlari) oʻrtasida maʼlumotlar almashish imkonini beruvchi Yagona tibbiyot axborot tizimi joriy qilingan.
Shu bilan birga, senatorlar bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish boʻyicha hal qilinishi lozim boʻlgan ayrim masalalar dolzarbligicha qolayotganligini taʼkidlashdi.
Xususan, aksariyat birlamchi tizim shifoxonalarida bolalar jarrohlik boʻlimlari tashkil etilmagan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining jarrohlik boʻlimlarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyilmagan.
Bolalar statsionar davolanadigan davolash-profilaktika muassasalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tibbiyot xonalarini dori-darmon bilan toʻliq taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring