Qoyilmaqom hisob-kitob

Foto: Халқ сўзи
Mental arifmetika matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni oʻrgatadi. Bu dastur bolalarda nafaqat mantiqiy va tezkor fikrlash koʻnikmalarini shakllantirib, xotirani mustahkamlaydi, balki ularning hayotda faol, aniq maqsadga intiluvchan hamda qatʼiyatli boʻlib ulgʻayishlarida ham sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Mutaxasislarning fikricha, mental arifmetika 4 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning aqliy tafakkuri jadal yuksalishiga zamin yaratadi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 4-16 yoshli bolalar oʻrtasida mental arifmetika boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy musobaqa ham yosh avlod tafakkurini chiniqtirish, aqliy salohiyati yuksak isteʼdod egalarini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etildi. Unda Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidan yuz nafar ishtirokchi 4 yoʻnalish boʻyicha bahs olib borishdi.
Diqqatni jamlash, raqamlarda tasviriy xotira, ijodiy fikrlash, tinglash va kuzatuvchanlik hamda eshitganlarni tasavvur qilish kabi yoʻnalishlarda oʻtkazilgan qiziqarli musobaqada eng yuqori ball toʻplagan 5 yoshli Diyora Qoʻshshayeva, 8 yoshli Bekzod Zokirov, 9 yoshli Alibek Murtazoyev, 10 yoshli Ulugʻbek Abdurahmonov gʻolib deb topildi. Gʻolib va sovrindorlar OʻzLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi va Shahrisabz tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijod maktabining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring