Niderlandiya Ukrainaga YIga aʼzo boʻlishda Vengriyani chetlab oʻtish yoʻliga qarshi chiqdi
Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxoof Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi masalasida bir ovozdan qabul qilinadigan qarorlarni chetlab oʻtishga qarshi ekanini maʼlum qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Sxoof YI Kengashi raisi Antoniu Koshta taklif qilgan Ukraina bilan aʼzolik muzokaralarini tezlashtirish maqsadida bir ovozdan qaror qabul qilish prinsipini bekor qilib, “malakali koʻpchilik ovozi” qoidasini joriy etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamadi.
“Ukraina va Moldovaning kelajagi — Yevropa Ittifoqida. Biroq qoidalarni oʻzgartirish bizga toʻgʻri yoʻl emas”, — dedi Sxoof.
Uning taʼkidlashicha, yevrointegratsiya — uzoq va chuqur islohotlarni talab qiladigan jarayon.
“Vengriyaning blokirovkasi juda noxush holat, bu jarayonga boʻlgan ishonchni susaytiradi. Yechim topish kerak, ammo bu yechim bir ovozdan qabul qilinadigan qarorlarni chetlab oʻtishdan iborat boʻlmasligi shart”, — dedi u.
Shuningdek, Sxoofning soʻzlariga koʻra, agar YI Ukraina va Moldova uchun qoidalarni yengillashtirsa, kelgusida ittifoqqa kirishni istagan boshqa davlatlarga ham shu yoʻldan borishga toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring