Qirgʻizistonning sobiq prezidenti BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi
Foto: Arxiv surat
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda BMT Bosh kotibi idorasida maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, Otunbayeva BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi rahbari boʻldi. Bu lavozimda u Debora Lyons oʻrnini egalladi.

Roza Otunbayeva 2010-2011-yillarda Qirgʻiziston prezidenti lavozimida ishlagan. U uch marta tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Tashqi ishlar vazirligida bir qancha yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan, jumladan, Qirgʻizistonning AQSH va Kanadadagi elchisi (1992-1994-yillarda) va Qirgʻizistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi (1997-2002-yillarda).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring