Qirgʻizistonlik nuroniylar Chimyonda dam olmoqda

Xalqlar doʻstligi kuni bayrami arafasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan xayrli ishga qoʻl urildi.
Gap shundaki, qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasining Qadamjoy tumanidan bir guruh nuroniylar oʻz salomatliklarini tiklashlari hamda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Chimyon qishlogʻidagi tabiati soʻlim sihatgohga taklif etildi.
Ikki davlatning hududlar hokimlarining kelishuvi asosida tashkil etilgan tadbirda mehmonlar «Vodil» chegara-bojxona postida kutib olindi. Soʻng sihatgoh tomon yoʻl olindi. Sihatgohda oʻzbekona urf-odatu karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarga hurmat-ehtirom koʻrsatildi.
Qardosh xalq nuroniylarining sihatgohda maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Shuningdek, har bir kun uchun alohida madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sayohatlar rejalashtirilgan.
Shohsulton Toʻxtamatov,
jurnalist
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring