Qirgʻizistondagi zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida sezildi

18:56 05 Avgust 2025 Jamiyat
220 0

Illyustrativ foto

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilzila bugun 5-avgust kuni soat 18:44 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 41,33 gradus shimoliy kenglik va 72,71 gradus sharqiy uzunlikka teng.

Manbaga koʻra, yer qimirlashi 15 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 5,2 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 292 km shimoliy-sharqda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 68 km;
  • Namangan viloyatida 3 ball, 96 km;
  • Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 131 km.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yer silkinishi kuchu Toshkent shahrida ham (2 ball) sezilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер