Qirgʻizistonda sodir boʻlgan yer silkinishi Oʻzbekiston hududida ham sezildi

17:12 14 Noyabr 2025 Jamiyat
376 0

Qirgʻiz Respublikasida zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilzila bugun, 14-noyabr kuni soat 16:57 da Qirgʻiz Respublikasida sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 40,59 gradus shimoliy kenglik va 73,02 gradus sharqiy uzunlikka teng.

Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 3,7 ga teng. Zilzila epitsentri Oʻsh, Qirgʻiz Respublikasi, Toshkentdan 328 km janubiy-gʻarbda joylashgan. Episentrda sezilish kuchi: 4 ball

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Qoʻrgʻontepa tumanida 2-3 ball, 23 km.
  • Xonobod tumanida 2-3 ball, 23 km.
  • Xoʻjaobod tumanida 2 ball, 33 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 36 km.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?