Qirgʻiziston prezidentining jiyaniga dabdabali “Marry me” tashkil etgan yigit qoʻlga olindi
Foto: АКИпресс
Avvalroq Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov boʻlajak kuyovi jiyani Lazzat Nurgojevaning qoʻlini soʻrash uchun dabdabali “Marry mye” tashkil etgani sabab xalqidan uzr soʻrashga majbur boʻlgan edi.
Mahalliy nashrlardan biri, “24.kg”нинг xabar berishicha, Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari xodimlari Sadir Japarovning kuyovi Aftandil Sabirbekovni giyohvand moddalarni sotishda gumon qilib qoʻlga olgan.
Manbaga koʻra, yaqinda Qirgʻiziston FVVdan vertolyot ijaraga olib, prezident jiyani Lazzat Nurgojevaga turmush qurishni taklif qilgan va ayni paytda uning eri hisoblangan hibsdagi Aftandil Sabirbekov bilan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Japarovning matbuot kotibi Askat Alagozov holatga izoh berib, prezident oilasiga yaqinlashuvdan maqsad oʻzining noqonuniy ishlari uchun muhofaza yaratish boʻlgani aytilgan.
“Prezident Sadir Japarov jiyanining qalligʻi huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinganini tasdiqlaymiz. Bu yigitning asosiy maqsadi oʻzining noqonuniy faoliyatini himoya qilish uchun hokimiyatdagi odamlarga yaqinlashish boʻlgan, deyishga toʻliq asoslar bor”, deyiladi prezident idorasi xabarida.
Alagozovning qoʻshimcha qilishicha, Sadir Japarov kim boʻlishidan qatʼi nazar, noqonuniy xatti-harakatlarini yashirmaydi va bunday harakatlarga sherikchilik qilmaydi.
“Sobiq kuyov va uning sheriklarining noqonuniy xatti-harakatlari tafsilotlari tergov jarayonida oydinlashadi”, degan Askat Alagozov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring