Qatortoldagi madaniyat markazi koʻrkam qiyofa kasb etdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovondagi “Qatortol” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan madaniyat markazi keyingi yillarda taʼmirtalab ahvolda edi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 350 million soʻm sarflanib, ushbu maskan zamonaviy mezonlar asosida toʻliq taʼmirdan chiqarildi.
Shu tariqa toʻgaraklar xonalari, konsert zali butunlay yangicha qiyofaga ega boʻldi. Hozirda 5 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 45 nafar yigit-qizlar jalb etildi. Shuningdek, 400 oʻrinli konsert zali muhtasham koʻrinishga keltirildi.

— Ayni paytda tumanda 2 ta madaniyat markazi boʻlib, ikkinchisi vaqtincha ijarada faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi Yozyovon tumani madaniyat boʻlimi bosh mutaxassisi Azizxon Qodirjonov. — Murojaatlarimiz asosida tumanda yangi qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida zamonaviy loyiha asosida madaniyat markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Ishonamizki, yaqin vaqt ichida yana bir orzumiz amalga oshadi va mukammal sharoitda ishlash imkoniga ega boʻlamiz.
Qatortoldagi markazda muntazam ravishda taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsertlar, teatr tomoshalari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib borish koʻzda tutilyapti. Bu tuman ahliga madaniy hordiq chiqarish uchun ayni muddao boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring