Qatarda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi

15:09 09 Yanvar 2024 Sport
342 0

Архив сурат

Joriy yilning 2 — 18-fevral kunlari Qatarda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi.

Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

Jumladan, suvga sakrash bahslarida ishtirok etadigan hamyurtlarimiz Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov Rossiya Federatsiyasida shugʻullanishmoqda. “Ozero Krugloye” bazasida davom etayotgan yigʻin 15-yanvarga qadar etadi.

Sportchilarimiz mashgʻulotlar davomida yangi elementlarni mukammal ijro etish ustida ishlashyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?