Isroil HAMASni garovdagi shaxs jasadi boʻyicha soxtalikda aybladi
TASS xabariga koʻra, Isroil hukumati HAMAS harakatini garovda boʻlgan fuqaroning jasadini topshirishda soxtalik qilganlikda aybladi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyahuning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Sud-tibbiyot ekspertlarining aniqlashicha, 27-oktyabr kuni HAMAS tomonidan topshirilgan tobutda ikki yil avval qaytarilgan garovdagi shaxsning jasadining bir qismi boʻlgan.
Rasmiy bayonotda shunday deyiladi:
“Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, topshirilgan qoldiqlar 2023-yil 7-oktyabrda Falastin radikallari tomonidan Isroilga uyushtirilgan hujum chogʻida halok boʻlgan Omir Sarfatiga tegishli boʻlgan. Isroil harbiylari uning jasadini 2023-yil noyabr oyining oxirida vatanga qaytargan edi”.
Maʼlum qilinishicha, Binyamin Netanyahu yaqin orada xavfsizlik masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazadi. Unda Gʻazo boʻyicha tuzilgan kelishuvlarning buzilishi va Isroilning javob choralarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring