Qashqadaryoda quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ochildi

Foto: “Xalq soʻzi”
Jahongir Boymurodov/«Xalq soʻzi». Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 700 ga yaqin ijtimoiy soha va davlat tashkilotlari, mingdan oshiq tadbirkorlik subyekti hamda ikki mingga yaqin aholi xonadonlarida quyosh panellari oʻrnatilgan. Bu raqamlar kun sayin oshib bormoqda.
Albatta, ushbu quyosh panellarining belgilangan meʼyorlar darajasida ishlashi uchun ularga oʻz vaqtida sifatli texnik xizmat koʻrsatilishi зарур.Қарши shahrida Energetika vazirligi huzuridagi «Yashil energiya» kompaniyasining viloyat filiali ochilishi esa bu borada amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri boʻldi.
— Kompaniyamiz davlat organlari va tashkilotlarining bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish hamda xizmat koʻrsatishga masʼul, — deydi «Yashil energiya» MCHJ dispetcherlik xizmati bosh mutaxassisi Valijon Mahmudov. — Bugunga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida hududiy filiallarimizni ishga tushirdik. Ushbu filial ayni vaqtda viloyatdagi 15 ta davlat idorasi va tashkilotlaridagi quyosh panellariga xizmat koʻrsatadi. Kelgusida bunday obyektlarimiz soni oshib borishi tayin. Shu bilan bir qatorda, xususiy sektor va aholi xonadonlaridagi quyosh panellariga ham shartnoma asosida texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Filialning ochilish marosimida ishtirokchilar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan maxsus texnikalar, asbos-uskunalar koʻrgazmasi bilan ham tanishishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring