Qashqadaryoda “Nexia” hamda “Captiva” toʻqnashib ketdi
Qarshi tumani Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Saylov qishloq hududida “Nexia” hamda “Captiva” ishtirokida yoʻl transport hodisasi yuz bergan.
Hodisa 2021-yilning 14-oktabr sanasida sodir boʻlgan. Dastlabki surishtiruv natijalariga koʻra, voqeaga “Nexia” avtomobilining aholi yashaydigan hududda yuqori tezlikda harakatlanganligi sabab boʻlgan. “Nexia” oldidagi avtomashinani quvib oʻtmoqchi boʻlgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Captiva” bilan toʻqnashib ketgan.
Hodisa oqibatida har ikkala avtomobil haydovchilari voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring