Qashqadaryoda hokim oʻrinbosari xizmat avtomashinasida fuqaroni urib yubordi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Erkin Boboqulov xizmat avtomashinasida 49 yoshli fuqaroni urib yuborib, uning oʻlimiga sabab boʻldi. Bu haqda “Nasaf News” xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, voqea joriy yilning 30-iyul kuni soat tungi 23:50 da sodir boʻlgan. Shu kuni soat 23:50 larda, “Yangi Nishon” MFYda yashovchi Nishon tumani hokimining 1-oʻrinbosari, 1969-yilda tugʻilgan Erkin Boboqulov oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Gentra” rusumli avtomashinasini Qarshi shahar Katta halqa yoʻli boʻylab, Nishon tumanidan Chiroqchi tumani tomon boshqarib ketayotgan vaqtida yoʻlda unga notanish boʻlgan fuqaroni urib yuborib, YTH sodir etgan. Jabrlanuvchi vafot etgan.
Xabarda yoʻlovchi mast holatda boʻlganini, toʻydan juda koʻp miqdorda spirtli ichimlik isteʼmol qilib yoʻlga chiqqani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring