Qashqadaryoda daryoga choʻmilish uchun borgan ayollar choʻkib ketdi

Illyustrativ foto
Qashqadaryoda choʻmilish uchun daryoga borgan 61 yoshli ikki ayol oqib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-iyul kuni ikki nafar 1964-yilda tugʻilgan ayol choʻmilish maqsadida Oqdaryoning oʻng qirgʻogʻiga tushib choʻmilish chogʻida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar choʻkib halok boʻlgan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, marhumalarning vafotiga nafas yoʻllarining suyuqlik bilan berkilishi sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ularning oʻlimi yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanaliga ikki nafar qiz tushib ketgani va ularni qutqarish maqsadida kanalga tushgan fuqaroning oʻzi choʻkib ketgani haqidagi xabarlar keng tarqalgani va holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot bergani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring