Senat Raisi Jenevada XMTning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan katta koordinatori bilan uchrashuv oʻtkazdi

23:20 20 Oktyabr 2025 Siyosat
133 0

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekistonga yangi tayinlangan katta koordinatori Yuriy Shterk bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, aholini munosib mehnat bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak baholandi.

Yu. Shterk Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu yoʻnalishda erishilgan yutuqlarni alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, Prezidentning Kasaba uyushmalari faollari bilan kuni kecha boʻlib oʻtgan uchrashuvida belgilangan vazifalar XMT uchun ham dolzarb ekanini qayd etib, ularni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda munosib mehnat standartlarini tatbiq etish, qabul qilingan qonunlarning ijrosini taʼminlash va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

2026–2030-yillarga moʻljallangan “Munosib mehnat dasturi” loyihasining ishlab chiqilishi va uning Toshkentda XMT ekspertlari ishtirokida muhokama qilinishi mehnat huquqlari va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер