“Biz Amerikaga qonun va tartibni qaytaryapmiz” — Tramp oʻz prezidentligi davrida rekord darajada jinoyatchilar qoʻlga olinganini maʼlum qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan buyon Federal qidiruv byurosi (FQB) 28 mingdan ortiq zoʻravonlik jinoyatlariga aloqador shaxslarni hibsga olganini maʼlum qildi.
— Mening maʼmuriyatim davrida FQB ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. 20-yanvardan beri 28 mingdan ortiq zoʻravon jinoyatchi hibsga olindi (rekord!), 6 mingdan ortiq noqonuniy qurol musodara qilindi, — deb yozdi AQSH rahbari oʻzining Truth Social tarmogʻidagi sahifasida.
Respublikachi siyosatchining taʼkidlashicha, 1,7 mingdan ortiq bolalarga tajovuzda ayblanayotgan jinoyatchilar, 300 ga yaqin odam savdosi bilan shugʻullanuvchilar qoʻlga olingan, 2 mingta jinoyat tarmogʻi faoliyati toʻxtatilgan, 5 ming bola esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qutqarilgan.
— 1,9 tonna fentanil musodara qilindi — bu 125 million kishini oʻldirishga yetadigan miqdor. Bu tarixiy natijalar! Biz Amerikaga qonun va tartibni qaytaryapmiz, — dedi Tramp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring