Qashqadaryoda 134 xotin-qizning kontrakt pullari toʻlab berildi
Illyustrativ foto
Qashqadaryoda 134 nafar talaba xotin-qizlarga OTM shartnoma pullari toʻlab berilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Yangi yil bayrami oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila farzandlari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan muhim qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorga koʻra, vohadagi 134 nafar talabaning oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi uchun toʻlov shartnomalari bilan bogʻliq xarajatlariga qariyb 1 mlrd 128 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.
“Bu ragʻbat xotin-qizlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Koʻplab talaba qizlar moliyaviy qiyinchiliklar sababli oliy taʼlim olish imkoniyatidan mahrum boʻlishi mumkin edi, lekin viloyat hokimining bu tashabbusi ularning kelajakda yuqori malakali mutaxassis boʻlishlari uchun yoʻl ochadi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Hujjatga koʻra, viloyat boʻyicha 134 nafar, xususan 18 nafar 1-kurs, 116 nafar yuqori kurs talabalarining toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring