Qashqadaryo viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari oʻrganildi

22:37 16 Oktyabr 2025 Siyosat
222 0

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyati mahallalarida jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz muhitni taʼminlash, ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida aholi ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, profilaktik ishlarning samaradorligi, fuqarolarning huquqiy ongi va jamiyatdagi masʼuliyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” tizimidagi idoralararo hamkorlik mexanizmi oʻrganilib, muammolarni joyida hal etish amaliyoti tahlil qilindi.

Jumladan, “qizil toifa”ga kiritilgan Qarshi shahridagi “Karlikxona”, Kitob tumanidagi “Nurafshon”, Qarshi tumanidagi “Paxtazor”, Koson tumanidagi “Yuqori Obron” va Shahrisabz shahridagi “Pillakashlik” mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sabablari oʻrganilib, ularning oldini olish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shuningdek, Kitob dehqon bozori, “Yangi kech” dehqon bozori, “Yerqurgʻon” bozori va qator savdo majmualarining faoliyati oʻrganilib, bozor infratuzilmasini raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan mahallalarda ijtimoiy profilaktika ishlarini yana-da kuchaytirish, “mahalla yettiligi” aʼzolarining hamkorligini samarali muvofiqlashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер