Qarshida bir oilada toʻrt egizak qizaloq dunyoga keldi

15:45 11 Noyabr 2025 Jamiyat
432 0

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova avvaldan 5 nafar qiz farzandni tarbiyalab kelayotgan boʻlgan. Yaqinda bu oilada yana toʻrt qizaloq dunyoga kelib, natijada xonadon 9 nafar qizli boʻlgan.

Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga kelgan.

Qizaloqlar haqidagi maʼlumotlar quyidagicha:

  • Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, boʻyi 37 sm.
  • Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, boʻyi 38 sm.
  • Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, boʻyi 40 sm.
  • Toʻrtinchisining vazni 1400 gr, boʻyi 37 sm.

Ayni paytda chaqaloqlar filialda xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda. Shifokorlar ularning ahvoli barqarorligini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?