Qanqa yodgorligida VII-VIII va XI-XII asrlarga oid mahobatli inshoot qoldiqlari ochildi
Foto: Madaniy meros agentligi
OʻzR FA Milliy arxeologiya markazi Qanqa kompleks ekspeditsiyasining 2022-yilda Toshkent vohasining eng yirik shaharlaridan boʻlgan Qanqa yodgorligida olib borgan arxeologik izlanishlari davomida Toshkent vohasining oʻrta asrlar tarixiga oid yangi maʼlumotlari qoʻlga kiritildi. Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6.30 m boʻlgan katta zal ochildi. Zalning kirish qismi poli pishiq gʻishtlar bilan terilgan boʻlib, yon devorlari qalinligi 1.30 m kenglikda ekanligi uning mahobatli inshoot ekanidan dalolat berib turibdi.
Zalning janubiy-gʻarbiy burchagidagi yon devorlarida ham pishiq gʻisht bilan qoplangan maxsus joy qilingan boʻlib, kuchli olov natijasida kuyganligi bu yerda yogʻochdan ishlangan peshtoq ham mavjud boʻlganligini koʻrsatadi. Mazkur joyda yongʻin natijasida peshtoqdan qulab tushgan yirik yogʻoch qoldiqlari olinib, ularning saqlanganlari sinchiklab oʻrganildi. Natijada, yuza qismlari oʻyma naqshlar bilan bezatilgani qayd etildi.
Qazuv ishlari davomida shuningdek, oʻrta asr qatlamlari ostida ilk oʻrta asrlarga oid boʻlgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari ochildi. Inshoot Qanqa yodgorligining ilk oʻrta asrlarga tegishli ibodatxonasi sharqiy tarafida joylashgan. Shu sababli ushbu yirik qurilish qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkinligi haqida xulosalar qilishga imkon beradi.
Joriy yilda dala qazuv tadqiqotlari yakunlandi. Yuqoridagi fikrlar dastlabki tadqiqot natijalari xulosalari boʻlib, taqdim etilgan maʼlumotlar qayta ishlangach, toʻliq yakuniy xulosalar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring