Qancha xohlasak, shuncha zarba beramiz - Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga uyushtirilayotgan hujumlar yaxshi ketayotganini maʼlum qildi. U bu haqida “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
Oq uy rahbarining fikricha, kun davomida Eronga berilgan zarbalar natijasida mamlakat jiddiy yoʻqotishlarga uchragan.
Tramp zarbalar qancha davom etishi mumkinligi haqidagi savolga “qancha xohlasak, shuncha davom etadi”, deya javob bergan. Qoʻshma Shtatlar rahbari Eron zarbalar oqibatida ojizlanib qolganini ham qoʻshimcha qilgan.
Shuningdek u, Eron oliy rahnamosining halok boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlarga ham munosabat bildirgan.
“Menimcha oliy rahnamo halok boʻlgan. Chunki biz juda kuchli zarba berdik. Eronning keyingi rahbari kim boʻlishini ham bilamiz”, — degan Tramp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring