Prezident viloyat hokimlari yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini taʼminlash choralarini koʻrishini aytdi

19:46 04 Mart 2022 Siyosat
770 0

Foto: president.uz

Yigʻilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022-yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.

Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor oʻrtasida hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi taʼkidlandi.

Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.

Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1-apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini oʻtkazish topshirildi.

Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar oʻrtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini taʼminlash choralarini koʻrishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер