Prezident shifokorlarning aholiga, ayniqsa, bolalarga haligacha antibiotiklarni pala-partish qoʻllab kelayotganini tanqid qildi
Davlat rahbari bu ishlarning ahvolini aniq misollar asosida tahlil qildi.
Misol uchun, oxirgi besh yilda oshqozon kasalliklari 1,5 barobar qisqargan boʻlsada, Qashqadaryo va Navoiyda deyarli oʻzgarish boʻlmagan. Yakkabogʻda shifokorlarga boʻlgan murojaatlarning 33 foizi, Gʻuzorda 29 foizi, Koson va Mirishkorda esa 25 foizi oshqozon-ichak kasalliklari bilan bogʻliq.
Shifokorlarimiz aholiga, ayniqsa, bolalarga haligacha antibiotiklarni pala-partish qoʻllab kelayotgani tanqid qilindi. Tumanlarga tushib, shifoxona va poliklinikadagi vrachlarga qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini oʻrgatish ishlari sust.
Boshqa bir misol, buyrak kasalliklarining ulushi Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Fargʻona va Andijonda respublika koʻrsatkichidan 40-50 foizga yuqori.
Mazkur hududlarda bu kasalliklar yillar davomida kamaymasdan kelayotgani Urologiya markazi va Nefrologiya markazi rahbariyatini xavotirga solishi, ular pastga tushib, buyrak kasalliklarining oldini olishni oʻrgatishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring