Prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari hamda tadbirkorlarning muammolari va takliflarini eshitdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Prezident turizm salohiyatini toʻliq ochib beruvchi global targʻibot kampaniyasini yoʻlga qoʻyish vaqti kelganini aytdi.
Bunda televideniye va onlayn platformalar bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga 1-oktyabrga qadar «milliy turizm brendi» toʻgʻrisida kontent yaratish uchun tanlov oʻtkazib, xalqaro platformalarda targʻibotni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Bu maqsadlarga joriy yilda 5 million dollar mablagʻ ajratiladi.
Auditoriyasi 10 milliondan ortiq boʻlgan kamida 50 nafar chet ellik blogerlar uchun info-turlar tashkil qilinishi belgilandi.
Joriy yilda Toshkent shahrida, keyingi yilda Xivada Xalqaro gastronomik festivallar oʻtkazish, 300 turdan ziyod taomlarga ega milliy oshxonamizni butun dunyoga targʻib qilish muhimligi qayd etildi.
Mutasaddi vazirlik va idoralarga elektron viza tizimini yanada takomillashtirib, mobil ilovani ham ishga tushirish topshirildi.
Umuman, tarmoq va hududlar rahbarlari joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni olib kelish va turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish uchun masʼul va javobgar boʻlishi belgilandi.
Soʻng davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:
— turizm xizmatlari koʻrsatuvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish;
— turoperatorlarni madaniy meros obyektlari va temir yoʻl chiptalari narxlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilish;
— mehmonxona boshqaruvchilarini tayyorlash va mehmonxona qurishga subsidiyalar doirasini kengaytirish;
— pensiya yoshidagi turistlarga alohida viza tartibini joriy etish;
— tarixiy shaxslarning uy-muzeylarini restavratsiya qilish kabi masalalar koʻtarildi, taklif va tashabbuslar bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring