Prezident Shavkat Mirziyoyev “General Motors International” korporatsiyasining rahbariyati bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida “General Motors International” kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.
Ushbu korporatsiya bilan uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. “General Motors International” kompaniyasining mamlakatimiz avtomobil sanoatini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishdagi muhim oʻrni qayd etildi.
Soʻnggi 5-yil ichida kompaniya tomonidan 1,6 million dona avtomobil ishlab chiqarildi, Oʻzbekiston “Chevrolet” brendi uchun AQSHdan keyin ikkinchi yirik bozorga hamda Markaziy Osiyo va MDH bozorlarida sotuvlar boʻyicha yetakchiga aylandi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, mahsulotlar turini kengaytirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Zamonaviy mashinasozlikda talab yuqori boʻlgan yangi texnologiyalar va xomashyo resurslari sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring