Prezident raisligida maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yigʻilish avvalida davlat rahbari oʻzbek xalqini 15-may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi.
«Oila – jamiyat tayanchi, maʼnaviyat beshigi va avlodlar oʻrtasidagi uzviylik ramzidir. Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi.
Darhaqiqat, oʻzaro hurmat, shukronalik bor oilalarda fayz boʻladi. Bunday oilalar qancha koʻp boʻlsa, mahalla ham tinch va obod boʻladi. Mahallasi tinch tumanlar va shaharlarda, umuman, butun mamlakatda rivojlanish boʻladi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik, totuvlik va farovonlik tilayman. Mehr-oqibat, sadoqat hech bir xonadonni tark etmasin!
Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sogʻlom va bilimli avlodga bogʻliq.
Shu bois, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida sogʻlom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur», dedi davlatimiz rahbari.
Oxirgi 7-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.
Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.
Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring