Prezident Qashqadaryoda bandlikda ishga solinmagan imkoniyatlarni koʻrsatib berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yil Qashqadaryoda 470 ming odamni band qilish, 150 ming aholini kambagʻallikdan chiqarish, Kitob tumani, Qarshi va Shahrisabz shaharlarini “ishsizlik va kambagʻallikdan holi hudud”ga aylantirish moʻljallangan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Prezident Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishda bandlikda ishga solinmagan imkoniyatlarni koʻrsatib berdi.
Masalan, Shahrisabz tumani Hisorak-Gʻyelon yoʻli boʻyidagi 16 gektar, Qamashida 65 gektar, Gʻuzorda 42 gektar yerlarni turizm maskaniga aylantirish mumkinligi taʼkidlandi. Shu kabi, Qashqadaryoning Chiroqchidan oʻtgan 103 gektar qirgʻogʻida sayyohlar uchun dam olish maskanlarini tashkil qilish mumkin.
Koʻkdaladagi Chiyal dehqon bozori hududida 50 ga yaqin tadbirkorlar Chiyal yaxnasini tayyorlab, sotadi. Bu 100-yillik anʼanaga aylangan. Hozir bozor faqat yakshanba kuni ishlayapti. Agar sharoitni yaxshilab, mehmonxona va avtoturargoh qurilsa, koʻp yillik tarixga ega bu joy kunlik rejimga oʻtib, oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi.
Shahrisabz shahri mahallalarida 100 dan ortiq aholi uy sharoitida temirchilik bilan shugʻullanadi. Ularga qulay boʻlishi uchun Shahrisabz shahri Qorasuv mahallasidagi 4,5 gektar boʻsh yerda temirchilik mikro-markazini tashkil qilish topshirildi. Bunday mikro-markazlar Qarshi shahri, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson va Chiroqchida ham tashkil qilinadi.
Xorijda mehnat qilayotgan qashqadaryoliklar yuqori daromadli ishlar bilan band boʻlishi uchun Qarshi davlat universitetida kamida 100 nafar oʻqituvchini nemis, yapon, koreys tili boʻyicha malakasini oshirish, kamida 10 ming odamni xorijiy tilga oʻqitish, xorijda kam daromad topayotgan fuqarolarimizni oʻzimizda ishli qilish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring