Prezident qarori: Qarshida 200 oʻrinli yangi tugʻruq kompleksi barpo etiladi
Prezidentning “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatga koʻra, hududda profilaktik koʻriklar va skrining dasturlar koʻlamini kengaytirish, viloyat darajasida 40 turdagi va tuman darajasida 20 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini amaliyotga joriy qilish, aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shuningdek, qarordan kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini oshirish, tibbiyot tizimini raqamlashtirish kabi muhim topshiriqlar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, 2024 – 2025 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5-yil ishlab berish sharti bilan alohida davlat buyurtmasi joriy etiladi.
Qashqadaryo viloyatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun 2 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Qolaversa, qarorga muvofiq:
— Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) viloyat filialining oʻrin-joylar sonini 220 tadan 300 tagacha oshirish;
— Qarshi temiryoʻl shifoxonasini RSHTYOIMning viloyat filialiga oʻtkazish;
— Qarshi tugʻruq kompleksi oʻrnida 200 oʻrin-joyli yangi tugʻruq kompleksini barpo etish;
— 50 oʻringa moʻljallangan hududlararo xospis tashkil etish;
— Qarshi shahrida yangi tibbiyot markazi va Beshkent shahrida yangi shifoxona qurish;
— Qarshi shahri va Kitob tumanlarida ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazini tashkil etish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring