Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OʻzJOKU tomonidan Navroʻzga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda mehmon boʻldi
Bugun, 8-aprel kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Navroʻz ayyomiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

“Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining taklifiga binoan ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan bahor bayrami – Navroʻzga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda mehmon boʻlganimdan mamnunman”, – deydi Sherzod Asadov.

Tadbir doirasida badiiy sahna chiqishlari, milliy taomlar, madaniy koʻrgazmalar, musiqiy dasturlar hamda qardosh mamlakatlar va yaqin hamkorlarimiz madaniyatiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishildi hamda samimiy va bayramona muhitda ustoz-jurnalistlar, soha faxriylari, universitet jamoasi hamda talabalar bilan suhbatlashildi.

“Bunday tadbirlar tariximiz va boy madaniyatimizga boʻlgan hurmat, milliy anʼanalarimizni asrab-avaylash ruhini yuksaltirish bilan birga, avlodlar oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlash, tajribali jurnalistlar va sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni sifatida ham katta ahamiyatga ega”, – deb yozadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring