Prezident maktabining 2 nafar bitiruvchisi AQSHdagi nufuzli universitetlarga talabalikka qabul qilindi
Nukus shahridagi Prezident maktabining 2 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan nufuzli universitetlarga talabalikka qabul qilindi.
Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qildi.
Jumladan, nufuzli Templ universitetiga qabul qilingan 11-sinf oʻquvchisi Janibek Aytbayev uchun universitet tomonidan 40000 AQSH dollari miqdorida grant ajratildi.
Hofstra universiteti talabasiga aylangan Nodira Kazakova esa ushbu universitetning 108 000 AQSH dollari miqdoridagi Prezident stipendiyasiga sazovor boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, Templ universiteti milliy universitetlar reytingida 103-oʻrinda, Hofstra universiteti esa 162-oʻrinda turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring