Prezident ishtirok etgan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdan fotoreportaj

18:16 07 Mart 2024 Siyosat
1834 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi. Prezidentimiz bayram tadbirida qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 martdagi qaroriga binoan esa 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 5 martdagi farmonga muvofiq turli sohalarda faol bo‘lgan ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakilalari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.

Tantanali marosimda ishtirok etgan «Xalq so‘zi» muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер